Internetdagi Firibgarlar

Qadirli o’rtoq, avvalgi maqolalarda internetda daromad ko’rish usullari bilan tanishgan edik, bugun biz internet orqali firib berib kelayotgan saytlar va ularning ba’zibir uslublari bilan tanishamiz.
скачанные файлы

Bugungi kunda bizda, O’zbekistonda internetda daromad ko’rish rivojlanyapti. Internet nafaqat halol balki aldov, firib bilan ish olib borayotgan saytlar bilan to’la, bu firibgarlar sizdan pul undirishni turli xil ayyorona usullarini o’ylab  topishgan. O’ylashimcha «лохотрон», «Scam» terminlari hammaga ma’lum bo’lsa kerak. Albatta LOX bo’lib qolmaslik uchun hech kimga ishonmang.

Firibgarlarning uslublari juda ko’p bo’lsada ular quyidagi YAGONA reja asosida ish yuritishadi:

1) «LOX» topish;
2) Uni ishonchini qozonish;
3) Uni aldab pulini olish;
4) G’oyib bo’lish;

Firibgarning asosiy maqsadi o’z «o’ljani »  ishonchini qozonish.  Ishonchga kirgach maqsadga erishadi.

lohotron-v-internete_10Keling hayotiy misol ko’rib chiqaylik…

Deylik siz bozorda yuribsiz, sizning oldingizga ayyor yuzli, soqollari o’sib yotgan, bir kishi keldida, sizning 1000 so’mingizni 100 000 qilib berishini taklif etyapti. Aytishicha unda sehirli hamyon bor va unga tushgan pul ko’payishiga sizni ishontiryapti… Albatta siz unga ishonmaysiz, Bu real hayotimizdagi misol, va albatta bunga ko’pchilik ishonmaydi, lekin internetda(virtual hayotda) bunga ishonadiganlar topliadi.

images (5)Internetda turlihil loxotronlar, hatto «ishonchli» loxotronlar, yoki aqilga to’g’ri kelmaydigan Loxotronlar mavjud, oramizda har ikkisiga ham ishonadigan kimsalar bor ekan bu loxotronlar yo’qolmaydi, yanada mukammallashib ishonarli bo’lib boraveradi. Chunki biz tekinni yoqtiramiz. Firibgarlarning qarmog’iga odatda yoshlar, yoki internetni endi o’rgangan kishilar tezroq tushishadi. Agar ularga tez va oson boyib ketasiz, deyishsa bo’ldi ular hamma narsaga tayyor.

(!) Esingizda saqlang:

Internetda barcha saytlar pul topish, daromad ko’rish uchun yaratiladi (faqat ayrim davlat nazoratidagi saytlar bundan mustasno). Siz pul tikishingizdan avval yaxshilab saytni o’rganing, agar ma’lumot topaolmasangiz

BIZGA SAYT NOMINI bering, biz sizga u haqida,

uning ishonch darajasi(Уровень траста) va havf foyizi (Процент риска) , domen yoshi(ko’p narsa shunga ham bog’liq), IP manzili(qaysi davlatdan turib sizni aldayotganini bilish mumkin) Server manzili, eng asosiysi WEBMONEY, PAYYER, PAYPAL… tizimlardagi ishonch xizmatida ro’yxatdan o’tganmi yo’qmi?

Kelgusi maqolalarda albatta ularning usullarini aniq faktlar bilan ko’rsatib o’tamiz.

Internetdagi firibgarlar I

One Reply to “Internetdagi Firibgarlar”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.