Maqola sotish bu ishbilarmonlik.

Bugun* yana pulga maqola yozish va uni sotish haqida ba’zi bir foydali faktlarni aytib o’tamiz. Yana bugun maqola sotib olib uni sotish mumkinligi haqida ham so’z yuritamiz.
Maqola yozish jarayonida orqali siz uch hil daromad ko’rishingiz mumkin**

  • O’z maqolangizni sotib
  • Buyurtma asosida maqola yozib
  • Tayyor maqolani sotib olib uni qimmatrog’ sotish

Maqola yozing va ularni yaxshi narxlarga soting. Siz ikki hil usulda maqola yozishingiz mumkin. Kopirayting (Copywriting- o’z maqolangiz) va Rirayting(Rewriting-avval yozilgan maqolani o’z so’zingiz bilan yozish). Kopirayting reraytingga qaraganda qimmatroq sotilishi mumkin. Maqola narxi sizning reytingizga qarab belgilanadi, reyting ko’tarilishi uchun siz ko’proq maqolalarni yozib, sotishingiz kerak. Maqola narxini yuqori qoymang. Boshlanishiga har 1000 belgi uchun 12-15 rubl narx qo’ying, har uchta sotgan maqolangizdan keyin narxni 1 rublga ko’taring.

3Siz boshlang’ich copywriter bo’lsangiz buyurtma asosida maqola yozish siz uchun juda samarali bo’ladi, chunki buyurtmachilar juda «nozik tabiatli« kishilar, hali u, hali bu kamchiliklaringizni topib buyurtmani qaytarishadi, bitta maqolani yozib 3, 4 kunda topshira olmasligingiz ham mumkin, lekin bundan aslo cho’chimang, qancha ko’p buyurtma orqali ish qilsangiz shuncha ko’p tajribangiz ortadi, va keyinchalik 1 soatga qolmay maqola yozib tugatasiz. Yana buyurtmachilar sizga kamchiliklaringizni aytib tekin maslahatlar berishadi. 

Yuqorida keltirilgan ikki usulda ham siz rus tilida mukammal yoza olishingiz talab etiladi. Endi yana bir usul…

Siz o’zingiz maqola yozmasdan boshqa copywriter larni maqolalarini arzonroq sotib olib qimmatroq sotishingiz ham mumkin. Maqola sotish bu biznes. Ko’pchilikni fikricha maqola sotishdan unchalik ko’p foyda olib bo’lmaydi, lekin menimcha bunaqa emas. Siz bir vaqtni o’zida turli hil saytlarda ro’yxatdan o’tasiz biridan arzonroq olib ikkinchisiga qimmatiga sotasiz. Yana ba’zilar olgan maqolangizni sotaolmay kuyib qolishingiz mumkin deydi, to’g’ri lekin maqola sotib olishdan oldin uni narxiga emas muhimligiga e’tibor bersangiz albatta yutasiz. (sizga qadrli vatandosh o’z usulimni aytaman men avval bir saytdan buyurtmalar olaman ikkinchi saytga esa o’zim buyurtmar beraman bittasi yozadi bittasi tekshiradi, birini ikkinchisiga topib berganim uchun men ham foyda olaman). 

Maqola sotish ikki hil usulda amalga oshirishingiz mumkin

222Birinchisi maqolalalar arzon saytdan sotib olib qimmatroq saytda sotish. Masalan textsale saytida maqolalar arzon bu saytda yaxshi maqolalarni o.3-0.5 $ sotib olishingiz mumkin. Yana sayt faqat buyurtmachilarga yon bosishi bilan ham ajralib turadi, siz sotib olgan maqola sizga yoqmasa egasiga qaytarib sizga pulingizni qaytarishadi.  Yana arzon maqolalarni olishingiz mumkin bo’lgan sayt Neotext.ru Hali yosh sayt bo’lishiga qaramay bu sayt a’zolari ko’pligi bilan ajralib turadi.

Daromad ko’rish uchun avval arzon olgan maqolangizni qimmatroq sotish uchun SAYT qidirishingiz kerak. Masalan etxt.ru. Narxlar reytingizga qarab 1000 belgisiga 20 rubldan 60 rublgacha bo’ladi. Yana bir sayt advego.ru  bu saytda narxlar usd bilan amalga oshiriladi. Har 1000 belgili matnni 1, 2 usdga sotish mumkin. Yana bu saytni qulayligi probellar ham belgi hisoblanadi. Yana bir sayt bu copylancer.ru saytidir. Bu saytda ham o’z maqolangizni har 1000 belgisiga 40 rublga narx qo’yishingiz mumkin. reytingiz oshgan sari narxlar ham oshadi.

Endi Ikkinchi usul haqida

Bitta saytni o’zidan maqola sotib olasiz va shu saytni o’ziga boshqa birovga sotasiz. Etxt.ru sayti juda mos keladi, bu saytda narxlar o’ynab turadi. Buyurtmalarni boshlang’ich reytingli kishilarga arzonroq berasiz, tayyor maqolani shu saytni o’zida sotasiz. Olib sotishingizni yashirmang, sotish uchun yaxshi nom qo’ying masalan eng sara maqolalar to’plami yoki магазин качественного контенте.

Qaysi usul sizga yoqsa marxamat, daromad ko’ring 

*Bu maqolani o’qishdan oldin quyidagi maqolani o’qing.
**Maqola sotish va olish faqat rus tilidagi saytlarda amalga oshiriladi.

4 Replies to “Maqola sotish bu ishbilarmonlik.”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.